Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Toshkent shahar Olmazor tumanida sayyor qabul o’tkazildi

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish, yuzaga kelayotgan mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining Toshkent shahar hududiy boʻlinmasi Toshkent shahrida telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar rahbarlari ishtirokida 2017 yilning dekabr oyida Olmazor tumanidagi “Tabassum” mahalla fuqarolar yig’ini hududida sayyor qabul tadbirini o’tkazdi.

Tadbirda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilarining ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan mavjud muammolar, kamchilik va takliflari tinglandi hamda bir qator muammoli masalalar bartaraf etildi. Iste’molchilarni qiziqtirgan barcha savollarga Inspektsiyaning Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi boshlig‘i va xodimlari, shuningdek Toshkent shahri hududida telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ma’sul hodimlari tomonidan tegishli va to‘liq javoblar berildi. Qabul qilingan murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish