Inspeksiya yangi veb-sayti Demo versiyada ishlamoqda!!! Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha inspeksiya - Inspeksiya yangiliklari
Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

“Andijon matbuot tarqatuvchi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida tekshirish o‘tkazildi

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashining 2016 yil 1 dekabrdagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 yilda o‘tkaziladigan tekshirishlar reja-jadvaliga asosan Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan 2017 yilning dekabr oyida “Andijon matbuot tarqatuvchi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida tekshirish o‘tkazildi.

Tekshirishlar jarayonida davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlariga oid normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilinishi, standartlar talablarining bajarilishi, shuningdek Inspeksiya vakolati doirasidagi boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Tekshirish natijalari yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirildi. Tekshirish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ko‘rsatma berildi hamda ushbu ko’rsatmaning bajarilishi Inspeksiyaning Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan nazoratga olindi.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish