Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Nukusda sayyor qabul

“Elektromagnit moslashuv markazi” DUK boshlig‘i R.P.Mansurov rahbarligida 2018 yil 7 fevral kuni Nukus shahrida radiochastota va undan foydalanish masalalari bo‘yicha sayyor qabul kuni o‘tkazildi.

Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi, Inspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati rahbar va mutaxassislari, radioelektron vositalardan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etishdi.

Tadbirda radioelektron vositalarni Respublikamiz hududiga olib kirish, sotish, o‘rnatish, foydalanish va xizmat ko‘rsatish tartibi, ushbu tartibga amal qilinmaganida ko‘riladigan choralar, radiochastotani taqsimlash tartibi yuzasidan atroflicha ma'lumot berildi.

Qatnashchilar tomonidan berilgan barcha savollarga javoblar qaytarildi.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish