Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Ratsiyadan ruxsatsiz foydalanmang!!!

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda radioelektoron aloqa vositalaridan noqonuniy foydalanishni oldini olish maqsadida nazorat tadbirlarini amalga oshirmoqda.

Inspeksiyaning Farg‘ona viloyat hududiy bo‘linmasi xodimlari ishtirok etgan navbatdagi tadbirda Marg‘ion shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Z.S. tomonidan Farg‘ona viloyati “Visol” ko‘chasida joylashgan “Darxon” choyxonasida ruxsat berilmaydigan radiochastotada Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan (BAOLE BJ-E66 rusumli) radioelektron vositalardan noqonuniy foydalanilayotgani aniqlanib, tegishli bayonnoma rasmiylashtirildi.

Ushbu holat yuzasidan Inspeksiyaning Farg’ona viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan vakolat doirasida ma’muriy ish ko‘rib chiqilib, fuqaro Z.S. ga O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksining 152- moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy jarima chorasi qo‘llanildi.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish