Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

“Uzmobile” qamrovi kengaymoqda

Inspektsiyaning Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi joriy yilning yanvar oyida “Uzmobile” mobil aloqa operatorining Andijon viloyatidagi qurilishi tugallangan aloqa ob’ektlarini foydalanishga qabul qilish komissiyasi ishida ishtirok etdi.

Inspektsiyaning Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan “Uzmobile” aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin, vakolatli organlarning xulosalariga asosan 17 ta aloqa ob’ektlari foydalanishga qabul qilindi.

Mobil aloqa operatorlari tomonidan telekommunikatsiya ob’ektlarini ishga tushirilishi iste’molchilarni sifatli aloqa bilan ta`minlash barobarida bir qator yangi xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 12-fevraldagi «Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori bilan “Uzmobile” filiali O‘zbekiston mobil aloqasi milliy operatoriga aylandi, unga uyali aloqa bozorida keng ishtiroki uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda mamlakatning ko‘chma uyali aloqa tarmoqlarini yanada rivojlantirish, shuningdek, axborot xavfsizligini ta'minlash vazifalari yuklatilgan.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish