Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Aloqa to‘lqini egasiz emas

Andijon viloyati hududida radioelеktron vositalardan noqonuniy foydalanishlarni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Manfaatdor tashkilotlar bilan o‘tkazilgan navbatdagi tadbirda Qo‘rg‘ontepa tumani, “Dardoq” QFYda istiqomat qiluvchi fuqaro A.J.ning Andijon shahrida foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomalarsiz to‘rt dona “BAOFENG” rusumli, Qo‘rg‘ontepa tumani “Chimyon” QFYda istiqomat qiluvchi fuqaro J.H.ning esa Andijon tumanida foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomalarsiz to‘rt dona “RONWAY” F-25 rusumli radioelektron vositalardan foydalanayotgani aniqlandi.

Ushbu holatlar yuzasidan Inspеksiyaning Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan vakolat doirasida ma’muriy ishlar ko‘rib chiqilib, fuqaro A.J. va fuqaro J.H. larga nisbatan O‘zbеkiston Rеspublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodеksining 152-moddasi 1- qismiga asosan ma’muriy jarima choralari qo‘llanildi.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish