Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Huquqbuzarlikni oldini olaylik !!!

2018 yilning 27 fevral kuni Buxoro viloyatining ayrim hududlarida telekommunikatsiya tarmoqlarida uzilish sodir bo‘ldi.

Bu holat Inspeksiyaning Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasi xodimlari tomonidan tezkor o‘rganilib, avariya sabablari aniqlandi.

Ma`lum bo‘lishicha Romitan tumani Xo‘jaubon qishlog‘i hududidan o‘tadigan KM-701 magistralining Buxoro-Gazli yo‘nalishida fuqaro J.B.ning tomarqasiga suv o‘tkazish uchun yollangan ekskovator haydovchisi 1,5 metr chuqurlikda ariq qazish ishlarini olib borayotib shisha tolali kabelni uzib yuborgan.

Ushbu holat yuzasidan Inspeksiyaning Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan vakolat doirasida ma’muriy ish ko‘rib chiqilib, fuqaro J.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘risida”gi Kodeksining 154-moddasiga asosan ma’muriy jarima jazosi qo‘llanildi.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish