Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Xorazm viloyatida mobil aloqa qamrovi ko‘ngildagidekmi?

O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi mutaxassislari va radiochastota bo‘yicha nazoratni olib borishga vakolatli organ mutaxassislari tomonidan hamkorlikda Xorazm viloyatidagi mavjud 620 dan ortiq aholi yashash punktlarida, 750 kilometrdan ortiq davlat va mahalliy ahamiyatga ega avtomagistrallarda va 300 kilometrdan ortiq temir yo‘llarda mobil aloqa xizmatlari sifati o‘rganildi.

O‘lchovlar tahlili, mobil aloqa xizmatlari bilan to‘liq ta'minlanmagan hududlar va uchastkalar ro‘yxati bo‘yicha ma'lumotlar Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasiga taqdim qilindi.

Tahlil natijalariga ko‘ra aholi yashash punktlarining 2G qamrovi “Ucell” mobil operatori tomonidan-100%, “UzMobile” mobil operatori filiali CDMA tomonidan -100%, “UMS” mobil operatori tomonidan- 90 %, “RWC” mobil operatori CDMA tomonidan-83 % ga ta'minlangan. Bunda eng past qamrov (56 %) “Unitel” mobil operatoriga tegishli bo‘ldi.

Mutaxassislarning ta'kidlashlaricha, viloyatda telekommunikatsiya sohasining rivojiga iqtisodiy omillar, zarur infratuzilma, xususan, uzluksiz elektr energiyasiga ulanish imkoniyati yo‘qligi, avtomagistrallar, aholi yashash punktlari yaqinida optimal nuqtalar va boshqalar mavjud emasligi to‘sqinlik qilmoqda.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish