Inspeksiya yangi veb-sayti Demo versiyada ishlamoqda!!! Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha inspeksiya - Inspeksiya yangiliklari
Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Ish vaqtida pochta eshiklari nimaga yopiq?

2018 yil 27 mart kuni “O‘zbekiston pochtasi” AJ Qoraqalpog‘iston filialining Nukus tumanlararo pochta aloqasi bog‘lamasining bir nechta aloqa bo‘limlari eshigi ish vaqtida berk bo‘lgan. Ya'ni mijozlar ichkariga kiritilmagan, xizmat ko‘rsatilmagan.

Bu holat Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspektsiyasi tomonidan amalga oshirilgan navbatdagi monitoring jarayonida aniqlandi.

28 mart kuni Inspektsiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi tomonidan “O‘zbekiston pochtasi” AJ Qoraqalpog‘iston filialiga ish vaqtida pochta aloqa ob'yektlarining uzluksiz ishlashini ta'minlash choralarini ko‘rish yuzasidan ko‘rsatma taqdim etildi.

Ushbu ko‘rsatmaning bajarilishi yuzasidan “O‘zbekiston pochtasi” AJ Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan Inspektsiyaga taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, qayd etilgan holatlar yuzasidan mas'ul xodimlarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rilgan.

Inspektsiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi tomonidan pochta aloqasi ob'yektlarining belgilangan ish vaqtida uzluksiz ishlashini ta'minlash maqsadida doimiy nazorat tadbirlari olib boriladi.

Ma'lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi to‘g‘risida” gi qonunining 25-moddasida pochta operatori tomonidan foydalanuvchilarning pochta aloqasi xizmatlaridan erkin foydalana olishini ta'minlashi, ko‘rsatilayotgan pochta aloqasi xizmatlarining sifatini ta'minlashi va pochta aloqasining uzluksiz va xavfsiz ishlashini ta'minlashi majburligi belgilangan.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish