Inspeksiya yangi veb-sayti Demo versiyada ishlamoqda!!! Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha inspeksiya - Inspeksiya yangiliklari
Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Qonuniy faoliyat doimiy himoyada

2018 yil 3 aprel kuni Farg’ona viloyatining “AsiaHotel Fergana” mehmonxonasida “Unitel” MCHJ mobil aloqa operatorining dilerlik tarmog’i faoliyatini tartibga solish va litsenziya kelishuv shartnomalari shartlari, dilerlar tomonidan abonent bilan tuziladigan kelishuvlarini ro’yxatdan o’tkazish uchun belgilangan talablarini bajarilishini ta’minlash maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Farg’ona viloyati Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo’yicha davlat inspeksiyasi Farg’ona viloyati hududiy bo’linmasi vakillari, “Unitel” MCHJ sharqiy hududiy filiali rahbariyati va 93 nafar dilerlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida, mutaxassislar tomonidan “GSM-shlyuz” qurilmasidan noqonuniy maqsadlarda foydalanishning huquqiy oqibatlari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 martdagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi 185-sonli Qarorining mazmun mohiyati yuzasidan tadbir ishtirokchilariga batafsil tushunchalar berildi.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish