Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

“O‘zbekiston” ovulida aloqa tiklandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani, O‘zbekiston OFYda istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan joriy yil aprel oyida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi “Ishonch telefoni”ga o‘zi istiqomat qiluvchi hududda “UMS” mobil aloqa operatorining xizmatlarida uzilishlar sodir bo‘layotganligi yuzasidan murojaat qildi.

Ushbu murojaat “Uzaloqanazorat”ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy inspeksiyasi va “UMS” MCHJning Nukus shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi mutaxassislari tomonidan o‘rnatilgan tartibda o‘rganib chiqilganida haqiqatdan ham aloqa operatorining “O‘zbekiston” OFYda o‘rnatilgan baza stansiyasidagi akkumulyator batareyalarining holati qoniqarsizligi, elektr ta'minotidagi uzilishlar vaqtida baza stansiyada to‘xtalishlar bo‘layotganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan “Uzaloqanazorat”ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy inspeksiyasi tomonidan “UMS” MCHJning Nukus shahridagi xizmat ko‘rsatish markaziga qisqa muddatda “O‘zbekiston” OFYda o‘rnatilgan baza stansiyaning uzluksiz ishlashini ta'minlash choralarini ko‘rish yuzasidan ko‘rsatma taqdim etildi hamda bajarilishi nazoratga olindi.

“UMS” MCHJning Nukus shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan ushbu baza stansiyaga vaqtinchalik dizel generator o‘rnatildi. Akkumlyator batareyalari to‘liq yangilanib, baza stansiyaning uzluksiz ishlashi ta'minlandi.

Ma'lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 6 fevralda 1900 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari”da foydalanuvchilarga mobil aloqa xizmatlarini sifatli va o‘z vaqtida ko‘rsatilishni ta'minlash mobil aloqa operatorlarining majburiyati qilib belgilangan.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish