Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Telefon aloqasi tiklandi

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Q.I. tomonidan Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi Namangan viloyati hududiy bo‘linmasiga “O‘zbektelekom” AK Namangan filiali tomonidan ko‘rsatilayotgan telefon aloqasi xizmati ishlamayotganligi yuzasidan murojaat qildi.

Murojaatdagi masalalar Inspeksiyaning Namangan viloyati hududiy bo‘linmasi va “O‘zbektelekom” AK Namangan filiali hamkorligida o‘rganib chiqildi.

Natijada, haqiqatdan ham murojaatda ko‘rsatilgan telefon raqami, bosh kabeldagi nosozlik sababli ishlamayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Hududiy bo‘linma tomonidan “O‘zbektelekom” AK Namangan filialiga mazkur bosh kabeldagi nosozlikni bartaraf etish va ishlamagan kunlari uchun qayta hisob-kitob qilish vazifasi yuklatildi.

Filial xodimlari tomonidan olib borilgan ishlar natijasida telefon aloqasi bir me’yorda ishlashi ta’minlandi va ishalamagan kunlari uchun qayta hisob-kitob qilindi.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish