Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Inspeksiya jamoasi g‘oliblar safida

Joriy yilning 10-15 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan aloqa va axborotlashtirish sohasida faoliyat yurituvchi kompaniya, korxona, tashkilot va muassasalarning xodimlaridan tuzilgan terma jamoalar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha ko‘chma kubok uchun Toshkent shahar bosqichi musobaqalari o‘tkazildi.

Mazkur musobaqalarda Inspeksiyaning “O‘zaloqanazorat” terma jamoasi sardori F.Raxmanov boshchiligida “UMS” mobil operatori hamda MTRK (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbekiston pochtasi” AJ, “O‘zbektelekom” AK “Uzmobile” filiali terma jamoalari bilan bahsga kirishib, muvaffaqqiyatli o‘yin ko‘rsatdi.

Guruh o‘yinlarida MTRK jamoasi bilan kechgan uchrashuv g‘oyatda qiziqarli va shiddatli kechdi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi terma jamoasi bilan o‘tgan uchrashuv ham esda qolarli voqyealarga boy bo‘ldi.

Chorak finalda “O‘zaloqanazorat” jamoadoshlarining tezkor kombinatsiyalari “O‘zbekiston pochtasi” jamoasi bilan kechgan murosasiz o‘yinda qo‘l keldi va mazkur uchrashuvda raqib uchun hech qanday imkon qoldirmadi - 2:0.

Inspeksiya terma jamoasi futbolchilari turnir davomida o‘z mahoratlarini namoyish etib, faxrli uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

O‘yin to‘purarlari orasida A.Rasulov, N.Komilov, A.Rizayev, G‘.Bekovlarning ishonchli harakatlari ushbu g‘alabaga zamin yaratdi.

Jamoa bu o‘yinga astoyidil tayyorgarlik ko‘rdi. Muddatlar qisqa bo‘lishiga qaramasdan jamoadoshlarimiz yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Aytish kerakki, musobaqada ishtirok etayotgan raqib jamoalar kuchli va tajribali futbolchilardan tashkil topgan edi. Shunga qaramasdan jamoamiz bu yilgi turnirda o‘z imkoniyatlarini namoyish qila olishdi. Faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritganimiz, bizni keyingi o‘yinlarga astoyidil tayyorgarlik ko‘rib, bundanda yaxshi natijalar ko‘rsatishga undaydi.

Fursatdan foydalanib, bizni qo‘llab-quvvatlab, tayyorgarlik uchun yetarli sharoit yaratib bergan Inspeksiya rahbariyatiga bir ovozdan minnatdorligimizni bildiramiz. Keyingi turnirlarda yaxshi tayyorgarlik bilan bundanda yaxshi natijalarga erishishga va'da beramiz, deydi jamoa sardori F.Raxmanov.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish