Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Xalq ta’limi vazirligida seminar o’tkazildi

Hozirgi kunda aloqa va axborotlashtirish sohasi zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiya (AKT)lari jadal rivojlanib bormoqda, Respublikamizning shahar va tuman markazlaridagi tarmoqlar raqamlashtirilgan bo‘lib, aholi, korxona, tashkilot va muassasalarga yuqori sifatli shaharlararo telefon aloqa, mobil internet va ma’lumotlar uzatish xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.

Mazkur sohani yoritish va davlat idora xodimlarini bilim malakalirini yanada oshirish maqsadida joriy yilning 30-may kuni Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya (Inspeksiya) hamda Xalq ta’limi vazirligi (Vazirlik) xodimlari ishtirokida “AKT sohasida asosiy tushunchalar” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Tadbirda Inspeksiya xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasida AKTni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, tizimdagi yangiliklar, kutilayotgan natijalar xususida ma’ruza qilindi.

Shuningdek, elektron hujjat aylanish tizimi, elektron davlat xizmatlari, yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining imkoniyatlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar faoliyatida AKTni rivojlantirish masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.

Seminar yakunida Vazirlik mutaxassislarini qiziqtirgan savollarga Inspeksiya xodimlari tomonidan batafsil javoblar berildi.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish