Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Qoraqalpog‘iston Respublikasida bolalar oromgohlarida telefon aloqasining uzluksiz va sifatli ishlashi nazoratga olingan

Bolalarni yozgi dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish jarayonida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida jami 6 ta statsionar, 22 ta kunduzgi va 10 ta mehnat va dam olish bolalar oromgohlari mavjud bo‘lib, ushbu 38 ta oromgohlarning barchasi (29 tasi simli va 9 tasi Uzmobayl CDMA-450 aloqasi orqali) to‘liq telefonlashtirildi.

Bugungi kunda ushbu oromgohlardagi telefon aloqasining uzluksiz va sifatli ishlashi “O‘zbektelekom” AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali va Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy inspektsiyasi tomonidan nazoratga olinib, o‘rnatilgan telefon raqamlariga kunlik nazorat terimlari amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida 2018 yil 17 may kuni o‘tkazilgan yig‘ilish bayoni bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligiga oromgohlarni aloqa vositasi bilan to‘liq ta’minlash va ularning uzluksiz ishlashini tashkil etish vazifasi yuklatilgan.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish