Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Toshkent shahrida sayyor qabul

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiyaning Toshkent shahar hududiy inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi S.Abduqayumov tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Toshkent shahridagi telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mas’ul xodimlari, Bektemir tumanidagi “Oltintopgan” mahallasi aholisi ishtirokida o‘tkan tadbirda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalariga oid muammolar, kamchilik va takliflar tinglanib, o‘ndan ortiq muammoli masalalar joyida bartaraf etildi.

Iste’molchilarni qiziqtirgan barcha savollarga Inspeksiyaning Toshkent shahar hududiy inspeksiyasi, shuningdek, telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ma’sul xodimlari tomonidan tegishli javoblar berildi. Inspeksiya tomonidan fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish