Inspeksiya yangi veb-sayti Demo versiyada ishlamoqda!!! Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha inspeksiya - Inspeksiya yangiliklari
Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Iste’molchilarning huquqlari himoyalangan

Joriy yilning iyun oyida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspektsiyaning ishonch telefoniga Surxondaryo viloyati Termiz shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro M.X (ismi sharifi o‘zgartirilgan) murojaat qilib, “O‘zbеktеlеkom Interneshnl” QK “O‘ZI-Termiz” filiali tomonidan ko‘rsatilayotgan telefon xizmati ishlamayotganligini ma’lum qildi

Murojaat Surxondaryo viloyati hududiy inspeksiyasi tomonidan o‘rganilganda muammo korxona aybi bilan yuzaga kelganligi aniqlandi va “O‘ZI-Termiz” filialiga bosh kabeldagi nosozlikni bartaraf etish va iste’molchiga telefon ishlamagan kunlar uchun qayta hisob-kitob qilish vazifasi yuklatildi.

“O‘zbеktеlеkom Interneshnl” QK “O‘ZI-Termiz” filiali tomonidan foydalanuvchiga mahalliy telefon aloqasi xizmatlari ko‘rsatilmagan kunlar uchun oylik abonent to‘lovi to‘liq qayta hisob-kitob qilib berildi va mazkur murojaatning kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan 1 nafar mas’ul xodimga nisbatan intizomiy chora ko‘rildi.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish