Inspeksiya yangi veb-sayti Demo versiyada ishlamoqda!!! Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha inspeksiya - Inspeksiya yangiliklari
Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holati bo’yicha soha tashkilotlari uchun seminar o’tkazildi.

O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Aloqa axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo’yicha inspeksiyaning Sirdaryo viloyati hududiy inspeksiyasi hamda Sirdaryo viloyat Davlat arxivi mutaxassislari bilan hamkorlikda aloqa sohasi tashkilotlari o’rtasida 2018 yil 22 iyunda “Hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini yanada kuchaytirish” mavzusida o’quv seminar o’tkazildi.

Seminarda viloyat soha korxonalarininig rahbarlari, ijro intizomi bo’yicha mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Seminarda Sirdaryo viloyati hududiy inspeksiyasi tomonidan Ish yuritish va hujjatlar ijrosining nazoratini tashkil etish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasininig 2018 yil 7 martdagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi 185-son Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Qonunchilik va boshqa normativ hujjatlar, davlat standartlari talablari hamda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ni hisoblash tartibi to’g’risida Nizom”ning mazmun mohiyati haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, Sirdaryo viloyati Davlat arxivi mutahassisi X. Qudratova- hujjatlarni idoraviy arxivga topshirishga tayyorlash, yig’ma jildlarni rasmiylashtirish, yig’ma jildlar ro’yxatini tuzish va hujjatlarni idoraviy arxivda saqlash tartibi to’g’risida fikr almashildi.

Ma’ruza bo’yicha muhokamalarda seminar ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollari va fikr mulohazalarini bildirib o’tishdi.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish