Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilari diqqatiga!

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish, yuzaga kelayotgan mavjud muammolar va ularni bartaraf etish maqsadida, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasining Toshkent shahar hududiy bo'linmasi boshlig'i tomonidan 2017 yilning 24 may kuni Bektemir tumani, Suvsoz dahasi, 28а-uy, “Zilola” MFYda soat 10:30 dan 12:30 gacha sayyor qabul o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, Sizlarda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlaridan foydalanishda muammolar va o'zingizni qiziqtirgan boshqa savollar bo'lsa, quyidagi manzilda bo'lib o'tadigan sayyor qabul kuniga tashrif buyurishingizni so'raymiz.

Manzil: Toshkent shahar, Bektemir tumani, 28а uy, “Zilola” MFY.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish