Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilari diqqatiga!

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, yuzaga kelayotgan mavjud muammolar va ularni bartaraf etish maqsadida, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi Namangan viloyati hududiy bo`linmasi boshlig`i tomonidan Namangan viloyati Uchqo`rgon tumanida 2017 yil 30 may soat 10:00 dan 12:00 gacha sayyor qabul o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, Sizlarda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlaridan foydalanishda muammolar va o‘zingizni qiziqtirgan boshqa savollar bo‘lsa, sayyor qabul kuniga tashrif buyurishingizni so‘raymiz.

Manzil: Namgan viloyati, Uchqo`rgon tumani, “O`rdabog” MFY.

Tel: 0-396-227-07-99,0-369- 227-01-11.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish