Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Jizzax viloyati aholisi diqqatiga!

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish, sohada mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish maqsadida, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tomonidan va Jizzax viloyatidagi aloqa korхonalari rahbarlarining ishtirokida 2017 yil 28 avgust kuni Yangiobod tumanida sayyor qabul o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, sizda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlaridan foydalanishda muammolar va o‘zingizni qiziqtirgan boshqa savollar bo‘lsa 2017 yil 28 avgust kuni soat 11:00 dan 13:00 gacha quyidagi manzilda bo‘lib o‘tadigan sayyor qabulga tashrif buyurishingizni so‘raymiz.

Manzil: Jizzax viloyati, Yangiobod tumani, Yangiobod shaharchasi, Mustaqillik ko‘chasi 7-uy (19-son Bolalar musiqa va san’at maktabi binosi)da.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish