Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Samarqand shahri aholisi diqqatiga

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish, yuzaga kelayotgan mavjud muammolar va ularni bartaraf etish maqsadida, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o’rinbosari tomonidan Samarqand viloyatidagi aloqa korхonalari rahbarlari ishtirokida 2017 yil 15 sentyabr soat 14.00 dan 16.00 gacha sayyor qabul o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, sizda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlaridan foydalanishda muammolar va o‘zingizni qiziqtirgan boshqa savollar bo‘lsa, 2017 yil 15 sentyabr kuni soat 14:00 dan 16:00 gacha quyidagi manzilda bo‘lib o‘tadigan sayyor qabulga tashrif buyurishingizni so‘raymiz:

Manzil: Samarqand shahri, M.Ulug’bek ko’chasi, 92-uy (“O’zbektelekom” AK Samarqand filiali binosi)da.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish