Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Toshkent shahridagi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilari diqqatiga!

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish, yuzaga kelayotgan mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi boshlig‘i tomonidan 2017 yilning 24 noyabr kuni Uchtepa tumani “Qo‘rg‘ontepa” MFY va “Tepaqo‘rg‘on” MFYda soat 11:00dan 12:30gacha sayyor qabul o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan sizlarda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlaridan foydalanishda muammolar va o‘zingizni qiziqtirgan boshqa savollar bo‘lsa, quyidagi manzilda bo‘lib o‘tadigan sayyor qabul kuniga tashrif buyurishingizni so‘raymiz.

Manzil: Toshkent shahar, Uchtepa tumani, 11-mavze, 29а-uy, “Qorg‘ontepa” MFY va “Tepaqo‘rg‘on” MFY

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish