Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlarini ko'rsatuvchi xo'jalik yurituvchi subyektlarga

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi 2018 yil uchun Ip telefoniya xizmatlarini ko'rsatuvchi tashkilotlar bilan quyidagi talablar asosida shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda:

- Toshkent shaxrida 42 ta, viloyatlar hamda Qoraqalpog'iston Respublikasida 12 ta, jami 54 ta raqamlarga sifatli xizmat ko'rsatuvchi korporativ tarifga ega bo'lishi;

- Qo'ng'iroqlarning sifatli hamda uzilishlarsiz amalga oshishi;

- Korporativ tizimda (54 ta raqam o'rtasida) to'rttalik raqam orqali qo'ng'iroq qilish imkoniyatining mavjudligi;

- Korporativ tizimda (54 ta raqam o'rtasida) cheklanmagan miqdorda, bepul qo'ng'iroq qilish imkoniyati mavjud bo'lishi;

- Tashqi abonentlarga belgilangan ta'rif bo'yicha, oylik abonent to'lovi asosida qo'ng'iroq qilish imkoniyatining mavjud bo'lishi.

Yuqoridagi talablar hamda texnik imkoniyatlaringizni inobatga olgan xolda Ip telefoniya xizmatini ko'rsatish bo'yicha o'z takliflaringizni berishingizni so’raymiz.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish