Inspeksiya yangi veb-sayti Demo versiyada ishlamoqda!!! Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha inspeksiya - E`lon
Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Surxondaryo viloyati aholisi diqqatiga

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish, yuzaga kelayotgan mavjud muammolar va ularni bartaraf etish maqsadida, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi rahbariyati tomonidan Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi aloqa korхonalari rahbarlari ishtirokida 2018 yil 30 mart kuni sayyor qabul o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, sizda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlaridan foydalanishda muammolar va o‘zingizni qiziqtirgan boshqa savollar bo‘lsa, 2018 yil 30 mart kuni soat 14:30 dan 16:30 gacha quyidagi manzilda bo‘lib o‘tadigan sayyor qabulga tashrif buyurishingizni so‘raymiz:

Manzil: Surxondaryo viloyati, Uzun tumani, O’zbekiston ko’chasi, 3-uy (Uzun tuman xokimligi binosi) da.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish