Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilari diqqatiga!

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspektsiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tomonidan ushbu sohada iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, yuzaga kelayotgan mavjud muammolar va ularni bartaraf etish maqsadida 2018 yil 26 aprel kuni soat 11:00 dan 13:00 gacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida “Sayyor qabul” o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, Sizda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlaridan foydalanishda muammolar va o‘zingizni qiziqtirgan savollar bo‘lsa, quyidagi manzilda bo‘lib o‘tadigan “Sayyor qabul” ga tashrif buyurishingizni so‘raymiz.

Manzil: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Ellikqal’a tumani, Bo‘ston shahri Xalqlar Do‘stligi ko‘chasida joylashgan 18-bolalar musiqa va san’at maktabi zali.

Ma’lumot uchun telefonlar: (0361 )224-04-36, (+99899) 951-84-26.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish