Sayt sinov tarzda ishlamoqda

Rahbariyat

×

Ziyayev G‘olibsher Meliboyevich

Boshliq

Qabul kunlari - Har oyning birinchi va oxirgi payshanba kunlari, soat 10:00 dan 12:00 gacha.

×

Matkarimov Abdusattar Abdumalikovich

Aloqa va telekommunikatsiyalar sohasini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i

Qabul kunlari - Seshanba kunlari soat 16:00 dan 18:00 gacha

×

Xolmuxamedov Oybek Rixsivayevich

Axborotlashtirish sohasida nazorat qilish boshqarmasi boshlig'i

Qabul kunlari - Juma kunlari soat 16:00 dan 18:00 gacha

×

Baltayev Rustam Jaxangirovich

Axborot texnologiyalari boshqarmasi boshlig‘i

Davlat organlarida AKT joriy etishini nazorat qilish bo‘limi tashkilotlarda AKT va «Elektron hukumat» tizimini joriy etish va rivojlantirish jarayonlarini hamda infratuzilmasining joriy holatini, ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, integratsiyalashgan axborot tizimlarini, ma’lumot uzatish va ma’lumot almashishning idoralararo tarmoqlarini joriy etish hamda ulardan foydalanish, davlat axborot resurslari integratsiya jarayonini belgilangan tartibda monitoring qiladi, o‘rganadi va tekshiradi, normativ-huquqiy hujjatlar va davlat standartlari talablari bajarilishini nazorat qilish natijalarini tahlil qiladi, takliflar tayyorlaydi, hisobotlarini va elektron ma’lumotlar bazasini yuritadi.

Boshqarmaning asosiy vazifalari:

  • tashkilotlarda zamonaviy AKTni keng tatbiq etish va yanada rivojlantirish, axborot resurslari, tizimlari va tarmoqlarini tezkor rivojlanishini ta’minlash, «Elektron hukumat» tizimini joriy etish, shu jumladan aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini kengaytirish maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror, farmoyish va topshiriqlari, chora-tadbirlar rejalari va yo‘l xaritalarini ijrosini ta’minlanishini nazorat qiladi;
  • normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq Tashkilotlarda axborot texnologiyalari sohasida qonunchilik hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari talablari bajarilishini nazorat qiladi.