‹ | 2021 | › |
Sana: 04.01.2020
2019-yil 11-noyabr sanasida Samarqand shahri Zarafshon sihatgohining ro‘parasida M-37 avtomagistralida “Unitel” MChJning 3 ta tayanch baza stansiyalarini bog‘lovchi ikkita 32 tolali optik aloqa kabelining uzib yuborilishi oqibatida hududda abonentlarga ko‘rsatilayotgan aloqa xizmatlarida to‘xtalish kuzatilgan.
Ushbu holatga sababchi bo‘lgan fuqaro Sh. Q. ga nisbatan “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi” Kodeksning 154-moddasi 1-qismiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi ish haqining bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari ya’ni 669 000 so‘m ma’muriy jarima tayinlangan.