Sayt sinov tarzda ishlamoqda

Axborot xizmati

2021

Sohalar

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llanildi

Sana: 04.01.2020

845

2019-yil 26-dekabrda Navoiy shahrining “I. Karimov” va “Me’morlar” ko‘chalari kesishmasida “Jozibali qurilish montaj” MChJ tomonidan “O‘zbektelekom” AK Navoiy filialining kabeli uzib yuborilgan. Oqibatda “Rikom Unitek” MChJ tomonidan yagona signal orqali kabel televideniyesi televizion kanallarini retranslyatsiya qilish xizmatlarida to‘xtalish sodir bo‘lgan.

Ushbu ma’muriy huquqbuzarlik uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi B.I.ga nisbatan “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi” Kodeksning 154-moddasiga asosan ma’muriy ish ko‘rib chiqilib, “Telekommunikatsiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalari”ga amal qilmaganligi uchun O‘zbekiston Respublikasidagi ish haqining bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari ya’ni 669 000 so‘m ma’muriy jarima qo‘llanilgan.