Sayt sinov tarzda ishlamoqda

Axborot xizmati

2021

Sohalar

Samarqandda murojaatni e'tiborsiz qoldirgan mansabdor shaxsga ma'muriy chora ko'rildi

Sana: 31.03.2020

1615

Samarqand viloyati, Urgut tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro B.A. Internet xizmati 2 oydan buyon ishlamayotganligi bu borada Urgut tuman telekommunikatsiyalar bog‘lamasi mas’ul mansabdor shaxsiga qilgan murojaatlari e’tiborsiz qolayotganligi to‘g‘risida “O‘zkomnazorat” DI “1144” “Ishonch telefoni” orqali murojaat qilgan.

Murojaatni o‘rganish jarayonida fuqaroning Internet xizmati ishlamayotganligi yuzasidan Urgut tuman telekommunikatsiyalar bog‘lamasi mas’ul xodimlariga, “O‘zbektelekom” AK “Chaqiruvlarga ishlov berish markazi”ga bir necha marotaba qilgan murojaatlari e’tiborga olinmaganligi va abonent tomonidan nosozlik bo‘yicha berilgan buyurtmalar birlamchi hujjatlarda qayd qilinmaganligi hamda nosozlik bo‘yicha berilgan buyurtmalar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilmaganligi aniqlangan. 

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 153-moddasiga asosan Ma’muriy huquqbuzarlik yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar mas’ul mansabdor shaxsga nisbatan chora ko‘rish uchun Urgut tuman Ma’muriy sudiga taqdim etildi. 

Urgut tuman Ma’muriy sudida mas’ul mansabdor shaxsga nisbatan Ma’muriy ish ko‘rib chiqilib bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima jazosi tayinlagan. 

Fuqaro B.A.ning Internet xizmatlaridan foydalanishiga sharoit yaratilgan.