Sayt sinov tarzda ishlamoqda

Axborot xizmati

2021

Sohalar

Termizda aloqa kabelining uzib yuborilishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxsga ma’muriy chora ko‘rildi

Sana: 20.05.2020

1741

Surxondaryo viloyati “Suvoqova” DUK Termiz shahar filialiga qarashli ekskavator tomonidan yer qazish ishlarini olib borish jarayonida Surxondaryo viloyati, Termiz shahar, “Mehrobod” MFY, I.Karimov (S.Saodat) ko‘chasi 114- va 116-uylar yo‘nalishidan o‘tgan “AMUDARYO-TONER” MChJ kabel televideniyesining 8 tolali magistral optik tolali havo aloqa kabelini uzib yuborgan.

“O‘zkomnazorat”ning Surxondaryo viloyati hududiy inspeksiyasi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 154-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlik yuzasidan 2020-yil 21-aprelda Surxondaryo viloyati “Suvoqova” DUKda ishlovchi mansabdor shaxs – D. A.ga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilgan va 2020-yil 11-mayda ish bo‘yicha to‘plangan hujjatlar to‘plami tegishli chora ko‘rish uchun Surxondaryo viloyati Termiz shahar ma’muriy sudiga yuborilgan.

Termiz shahar ma’muriy sudining 2020 yil 18 maydagi qaroriga asosan Surxondaryo viloyati “Suvoqova” DUK xodimi D. A. ushbu qonunbuzarlikda aybli deb topildi.