Sayt sinov tarzda ishlamoqda

Axborot xizmati

2021

Sohalar

Surxondaryo viloyatida aloqa kabelini uzib yuborgan fuqaroga nisbatan ma’muriy chora ko‘rildi

Sana: 10.06.2020

1879

2020-yil 20-mart kuni Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida yashovchi fuqaro N.A. Shaxriobod mahallasi hududida “Sumsung” rusumli traktori bilan ariq qazish ishlarini olib borish jarayonida ogohlantirish ustunlari bo‘lishiga qaramasdan “O‘zbektelekom” AK “Telekommunikatsiya transport tarmog‘i” filiali Yettinchi texnik bog‘lamasining magistral optik tolali aloqa kabelini uzib yuborgan.

N.A. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-maydagi 210-son qarori bilan tasdiqlangan “Telekommunikatsiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalari”da belgilangan talablarning buzgan. “O‘zkomnazorat” DI Surxondaryo hududiy inspeksiyasi ushbu huquqbuzarlik sabablarini o‘rganib chiqib, huquqbuzarga nisbatan “Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida”gi bayonnoma rasmiylashtirgan.

Hududiy inspeksiyaning 2020-yil 2-iyundagi 39/02-son qarori bilan Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida yashovchi N.A. ga nisbatan Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-maydagi 210-son qarori bilan tasdiqlangan “Telekommunikatsiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalari” talablari buzilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksining 154-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.