Sayt sinov tarzda ishlamoqda

Axborot xizmati

2021

Sohalar

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida aloqa kabelini uzib yuborgan fuqaroga nisbatan ma’muriy chora ko‘rildi

Sana: 10.07.2020

1859

 

Fuqaro M.N. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 maydagi 210-son qarori bilan tasdiqlangan “Telekommunikatsiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalari”da belgilangan talablarni buzgan

Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.N., Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, Xumdon MFY hududida XCMG300LW rusumli traktori bilan qazish ishlarini olib borish jarayonida ogohlantirish ustunlari bo‘lishiga qaramasdan “O‘zbektelekom” AK “Telekommunikatsiya transport tarmog‘i” filiali Sakkizinchi texnik bog‘lamasining magistral optik tolali aloqa kabelini uzib yuborgan.

“O‘zkomnazorat” Qashqadaryo viloyat hududiy inspeksiyasi tomonidan ushbu huquqbuzarlik sabablari o‘rganib chiqilib, huquqbuzarga nisbatan “Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida”gi bayonnoma rasmiylashtirilgan.

2020-yil 8-iyuldagi “O‘zkomnazorat” DI qarori bilan M.N. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksining 154-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.