Sayt sinov tarzda ishlamoqda

Axborot xizmati

2020

Sohalar

Surxondaryo viloyatida qurilishi tugallangan telekommunikatsiya obyektlari foydalanishga qabul qilindi

Sana: 07.09.2020

591

“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasining farmoyishiga asosan Surxondaryo viloyati hududiy inspeksiyasi xodimlari 2020-yilning avgust oyida “O‘zbektelekom”AK “O‘zmobayl” filialining Surxondaryo viloyatidagi 53 ta (45 juft RRL, 6 ta 3G, 2 ta 2G) va “Unitel” MChJning Surxondaryo viloyatidagi 2 ta (1 juft RRL, 1 ta 4G) qurilishi tugallangan obyektlarini doimiy foydalanishga qabul qilish komissiyasi ishida ishtirok etdilar.

Qurilishi tugallangan obyektlarni o‘rganish vaqtida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan subyektlarga tegishli xulosalar taqdim etildi. Kamchiliklar bartaraf qilingandan so‘ng “O‘zbektelekom” AK “O‘zmobayl” filiali va “Unitel” MChJning qurilishi tugallangan obyektlari foydalanishga qabul qilindi.