Sayt sinov tarzda ishlamoqda

Axborot xizmati

2021

Sohalar

“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasining yangi rahbari tanishtirildi

Sana: 23.09.2020

2231

2020-yil 23-sentabr kuni “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i Olimjon Muhammadjonovich Umarov rahbarligida inspeksiya markaziy apparati hamda hududiy inspeksiyalar vakillari ishtirokida videokonferens-aloqa shaklida yig‘ilish o‘tkazildi.

O.Umarov yig‘ilish ishtirokchilariga Hukumatning 2020-yil 21-sentabrdagi 570-son qarori bilan “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi rahbarligiga tayinlangan G‘olibsher Meliboyevich Ziyayevni tanishtirdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi o‘z nutqida Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosini nazorat qilishda inspeksiyaning tutgan o‘rni, qilinishi lozim bo‘lgan ishlar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, telekommunikatsiya bozori ishtirokchilari bilan munosabatlarning muhim jihatlariga to‘xtalib o‘tdi. Yig‘ilishda raqamli texnologiyalarni sohalarga joriy qilish, “Elektron hukumat” loyihalari, hududlarda AKTni rivojlantirish borasida yechimini kutayotgan muammolar tahlilida “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasining o‘rni katta ekani ta’kidlandi.