Sayt sinov tarzda ishlamoqda

Axborot xizmati

2020

Sohalar

“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Sana: 14.10.2020

892

“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

2020-yil 14-oktabr kuni O‘zkomnazorat DI boshlig‘i G‘.Ziyayev, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O.Pekos va boshqa mutasaddilar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrda imzolangan “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2020-yil 6-oktabrdagi «Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori ijrosini ta’minlash, bu borada hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar xususida fikr almashildi.

Tomonlar “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish, “Elektron hukumat” loyihalarini joriy etish, respublikaning chekka hududlaridagi ijtimoiy soha obyektlarini keng polosali Internet tarmog‘i bilan ta’minlash yo‘nalishida qabul qilingan chora-tadbirlar rejalarining ijrosini ta’minlashda o‘zaro samarali hamkorlikni amalga oshirish lozimligini ta’kidladi va bu borada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.