Sayt sinov tarzda ishlamoqda

Axborot xizmati

2021

Sohalar

Xorazm viloyatida aloqa kabelini uzib yuborgan fuqaroga ma’muriy chora ko‘rildi

Sana: 25.11.2020

608

2020 yil oktabr oyida Xiva tumani, “Eski qiyot” mahallasi hududida jismoniy shaxs tomonidan yer qazish ishlarini olib borish jarayonida ushbu hududdan o‘tgan “O‘zbektelekom” AK Xorazm filiali Urganch – Xiva tumanlararo zonaichi magistral optik tolali aloqa kabelini uzib yuborilgan.

Ushbu aloqa liniyasi aylanma kanallar orqali zaxiralanganligi sababli aloqada to‘xtash va xizmatlar sifatining yomonlashishi holatlari kuzatilmagan.

“O‘zkomnazorat” Xorazm viloyati hududiy inspeksiyasi ushbu huquqbuzarlik sabablarini o‘rganib chiqib, kabelni uzib yuborgan fuqaroga “Telekommunikatsiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalari”da belgilangan talablarni buzganligi uchun O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksining 154-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy ish ochdi. Jismoniy shaxsga nisbatan noyabr oyida tegishli qaror bilan ma’muriy jarima jazosi tayinlangan. Shuningdek, huquqbuzar “O‘zbektelekom” AK Xorazm filialiga yetkazilgan zararni to‘liq qoplab bergan.