Sayt sinov tarzda ishlamoqda

Axborot xizmati

2021

Sohalar

Aloqa kabelini uzib yuborgan fuqaroga chora ko‘rildi

Sana: 25.11.2020

661

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro A. A., Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, “Sariosiyo” MFY hududida ruxsat olmasdan qazish ishlarini olib borib, ushbu hududdan o‘tgan Davlatlararo ahamiyatga ega bo‘lgan “O‘zbektelekom” AK “Telekommunikatsiya transport tarmog‘i” filialining sakkizinchi texnik bog‘lamasiga tegishli shisha tolali aloqa kabelini uzib yuborgan.

“O‘zkomnazorat” Qashqadaryo viloyat hududiy inspeksiyasi tomonidan ushbu huquqbuzarlik sabablari o‘rganib chiqildi. Huquqbuzarga nisbatan “Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida”gi bayonnoma rasmiylashtirilgan.

A.A.ga nisbatan 2020-yil 16-noyabrdagi “O‘zkomnazorat” DI Qashqadaryo viloyat hududiy inspeksiyasi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksining 154-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.