‹ | 2021 | › |
Sana: 10.02.2020
“O‘zkomnazorat”ning Toshkent shahar hududiy inspeksiyasi tomonidan radioelektron vositalardan foydalanish qoidalarini buzib, huquqbuzarli sodir etgan shaxs ya’ni Toshkent viloyati, Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.K.ga nisbatan ma’muriy jazo chorasi qo‘llanildi.
Mansabdor shaxs A.K. “O‘zbektelekom” AK “O‘zmobayl” filialining Hondamir MFY manzilida joylashgan tayanch stansiyasini Davlat sanitar-epidemiologik nazorat nazorat markazining xulosasini olmasdan noqonuniy ravishda ishga tushirgan va ushbu tayanch stansiyasining tegishli ruxsatnomasiz ishlatilishiga yo‘l qo‘ygan.
Radioelektron vositalarni loyihalash, qurish (o‘rnatish) va foydalanishning tartibini buzgan A.K.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 152-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari – bir million bir yuz o‘n besh ming so‘m ma’muriy jarima jazosi tayinlangan.