Sayt sinov tarzda ishlamoqda

Axborot xizmati

2021

Sohalar

Qoraqalpog‘iston Respublikasida aloqa kabelining uzib yuborilishiga sababchi bo‘lgan mansabdorga ma’muriy chora ko‘rildi

Sana: 15.12.2020

663

2020-yil sentabr oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Taxiatosh tumanida yuridik shaxs tomonidan yer qazish ishlarini olib borish jarayonida ushbu hududdan o‘tgan “O‘zbektelekom” AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali Nukus – Taxiatosh tumanlararo zonaichi magistral optik tolali aloqa kabeli uzib yuborilgan.

Ushbu aloqa liniyasi uzilishi oqibatida Taxiatosh tumani aylanma kanallar orqali zaxiralanmaganligi sababli, tumanda aloqada 2 soat 5 daqiqa to‘xtalish kuzatilgan va “O‘zbektelekom” AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialiga zarar yetkazilgan.

“O‘zkomnazorat” Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy inspeksiyasi ushbu holat sabablarini o‘rganib chiqib, kabelni uzib yuborilishiga aloqador mansabdar shaxs “Telekommunikatsiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalari”da belgilangan talablarni buzganligi uchun O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksining 154-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy ish ochdi. Tegishli hujjatlar to‘plami O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 245-moddasi 3-qismiga asosan ko‘rib chiqish uchun Xo‘jayli tumani ma’muriy sudiga o‘tkazildi.

Xo‘jayli tuman ma’muriy sudi tomonidan chiqarilgan qaror asosida aloqa kabelini uzib yuborilishiga sababchi bo‘lgan mansabdor shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 154-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 3 (uch) baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.