Sayt sinov tarzda ishlamoqda

Axborot xizmati

2021

Sohalar

Namanganda shisha tolali aloqa liniyalariga shikast yetkazgan fuqaroga jarima belgilandi

Sana: 22.12.2020

671

“O‘zbеktеlеkom” AKning Namangan filiali Namangan shahar telekommunikatsiya bog‘lamasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, 2020-yilning noyabr oyida fuqaro S.S. tomonidan Namangan shahar Sanoat ko‘chasida, bog‘lamaga qarashli bo‘lgan yer osti aloqa kabеli o‘tgan hududda, o‘zboshimchalik bilan ruxsatsiz yer qazish ishlari olib borilishi oqibatida aloqa trassasining himoya hududi buzilib, shisha tolali aloqa liniyalari uzib yuborilgan.

Ushbu holat yuzasidan O‘zkomnazoratning Namangan viloyati hududiy inspeksiyasi tomonidan o‘z vakolati doirasida ma’muriy ish ko‘rib chiqildi. Fuqaro S.S. “Telekommunikatsiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalari”ga amal qilinmaganligi sababli unga nisbatan O‘zbеkiston Rеspublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodеksning 154-moddasining 1-qismiga asosan ma’muriy javobgarlik chorasi ko‘rildi.