Sayt sinov tarzda ishlamoqda

Axborot xizmati

2021

Sohalar

Buxoroda aloqa liniyasiga shikast yetkazgan fuqaroga ma’muriy chora ko‘rildi

Sana: 12.01.2021

578

2020-yil dekabr oyida “O‘zbektelekom” AK Buxoro filialining G‘ijduvon tuman telekommunikatsiya bog‘lamasi G‘ijduvon-Vobkent yo‘nalishida “Taxtaxon” MFY hududida fuqaro M.G‘ o‘ziga tegishli ekskovatori bilan ichimlik suvi o‘tkazish maqsadida yer qazish ishlari olib borgan va ehtiyotsizlik oqibatida zonaichi shisha tolali aloqa liniyasiga shikast yetkazgan. Oqibatda aloqa liniyasida uzilish sodir bo‘lgan.

Ushbu holat yuzasidan O‘zkomnazoratning Buxoro viloyati hududiy inspeksiyasi tomonidan o‘z vakolati doirasida ma’muriy ish ko‘rib chiqildi. M.G‘.ga “Telekommunikatsiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalari”ga amal qilmaganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksining 154-moddasi 2-qismiga asosan ma’muriy javobgarlik chorasi ko‘rildi.

M.G‘. 2020-yil may oyida ham huddi shunday qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan va ma’muriy jarimaga tortilgan edi.