Sayt sinov tarzda ishlamoqda

Call-markazi

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyaning (O‘zkomnazorat) 1144 raqamli Call-markazi

O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–4024-son Qaroriga muvofiq axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari xizmatlarining sifatli taqdim etilishida iste’molchilar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilish maqsadida O‘zkomnazoratning 1144 raqamli Call-markazi yo‘lga qo‘yilgan.

1144 raqamli Call-markaziga qo‘ng‘iroq

O‘zkomnazoratga 1144 raqamli Call-markazi orqali pochta aloqasi, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari xizmatlarining sifatli taqdim etilishi, davriy bosma nashrlar, EHM uchun dasturlar tarqatilishida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda murojaat qoldirish mumkin.

O‘zkomnazoratga 1144 raqamli Call-markaziga telefon orqali qoldirilgan murojaat qonunchilikda belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida ko‘rib chiqiladi.

1144 raqamli Call-markaziga qo‘ng‘iroq qilish qoidalari

1144 raqamli Call-markaziga Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda barcha telefon moslamalaridan qisqa 1144 raqamini terish orqali qo‘ng‘iroq qilinadi.

1144 raqamli Call-markaziga qo‘ng‘iroq qilingan va murojaat qoldirish zaruriyati tug‘ilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuni talablariga rioya etish lozim:

  • Jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar berilishi kerak.
  • Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
  • Jismoniy va yuridik shaxsning murojaatida davlat organining, tashkilotning aniq nomi ko‘rsatilgan, shuningdek murojaatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak.
  •  

1144 raqamli Call-markaziga qo‘ng‘iroq qilish vaqtlari

24/7 – xaftasiga yetti kun, dam olish kunlarisiz, tushliksiz, bayram kunlarida qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

DIQQAT!

O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuni, 38-moddasiga asosan Murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan.

Murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik, xuddi shuningdek tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoiy kodeksning 237-moddasiga asosan yolg‘on bayon etilgan ma’lumot, ya’ni jinoyat to‘g‘risida bila turib yolg‘on xabar yetkazish uchun javobgarlik nazarda tutilgan.