Sayt sinov tarzda ishlamoqda

«Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi» davlat unitar korxonasi

«Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi» davlat unitar korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-sentabrdagi «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4452-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Markazning asosiy vaziflari:

  • texnik vositalardan foydalanish, veb-saytlar yaratish, shuningdek, axborot portallari va veb-resurslarni rivojlantirish va jadallashtirish masalalarida texnik ko‘mak berish;
  • davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining ochiqligini ta’minlash maqsadida «raqamli va axborot jamiyati»ni shakllantirish, shuningdek, texnik infratuzilmani rivojlantirishning muhim masalalari bo‘yicha tahliliy materiallarni tayyorlash;
  • axborot tizimlari va axborot resurslarini yaratish, ular o‘rtasida xavfsiz ma’lumot almashinuvini ta’minlash, tashqi xosting maydonchalari bilan integratsiya masalalari bo‘yicha konsalting xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish;
  • axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida qonunlar va normativ hujjatlar loyihalari, texnik shartlar loyihalari, litsenziyalash va tartibga solish me’yorlari va qoidalari yuzasidan takliflar tayyorlaydi va ularni ishlab chiqishda ishtirok etish.

 

Manzil: Toshkent sh., 100011, A.Navoiy k., 30-uy

Telefon: +99855-501-4300

Veb-sayt: www.technocorp.uz

E-mail: info@technocorp.uz