Sayt sinov tarzda ishlamoqda

Ishonch telefoni

O‘zkomnazorat davlat inspeksiyasi va “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUKda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus “ishonch telefoni” (+99871) 202-20-19

O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi PQ-4024-son va 2019-yil 14-sentabrdagi PQ-4452-son qarorlariga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish, yuzaga kelgan sabablar va shart-sharoitlarni o‘z vaqtida aniqlash va oldini olish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasida maxsus “ishonch telefoni” tashkil etilgan.

Maxsus “ishonch telefoni” orqali qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish qoidalari

Maxsus ishonch telefonining asosiy maqsadi bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zkomnazorat hamda «Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi» DUK xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4024-sonli va 2019-yil 14-sentabrdagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4452-sonli qarorlari bilan yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishda korrupsiyaviy huquqbuzarlik va ular bilan bog‘liq bo‘lgan xatti-harakatlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va ichki me’riy-huquqiy hujjatlarga rioya qilmasliklari yuzasidan qilgan murojaatlarini O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-son qonuniga muvofiq qabul qilish va ko‘rib chiqishdir.

Jismoniy va yuridik shaxslar maxsus “ishonch telefoniga” murojaat qilganda, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, yuridik shaxsning nomi, javob yuboriladigan pochta manzili va aloqa uchun aloqa telefon raqami, shuningdek xabarning mazmun-mohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim etishlari shart.

Xabarlarning konfidensialligi kafolatlanadi!

Maxsus “ishonch telefonida” xabarlarni qabul qilish vaqti

Maxsus “ishonch telefoni” orqali qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish qo‘ng‘iroq qiluvchining raqamini aniqlash va qo‘ng‘iroqni avtomatik qayd etish funksiyasiga ega bo‘lgan apparat-dasturiy ta’minot kompleksi tomonidan kechayu kunduz amalga oshiriladi.

E’tibor bering!

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 237-moddasiga binoan yolg‘on xabar berish, ya’ni jinoyat to‘g‘risida bila turib yolg‘on xabar berganlik uchun jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilgan.