Sayt sinov tarzda ishlamoqda

Iqtisodiy va ma’muriy ta’sir choralari

1. Maʼmuriy choralar.
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 263- moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi organiga ushbu Kodeksning 151-moddasining birinchi qismida, 152-moddasining birinchi qismida, 153, 154, 156-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlinmalari boshliqlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga haqlidir.

151-modda. Ruxsatsiz radiouzatkich shoxobchasi oʻrnatish va (yoki) undan foydalanish, shuningdek abonentlik qurilmasini elektr aloqa tarmoqlariga ulash

Quvvatidan qatʼiy nazar radiouzatkich shoxobchasini ruxsatsiz oʻrnatish va (yoki) undan foydalanish, –

fuqarolarga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

152-modda. Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish tartibini buzish

Radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalarni loyihalash, qurish (oʻrnatish) va ulardan foydalanishning belgilangan qoidalarini, radio ayirboshlash va radiochastotalardan foydalanish qoidalarini buzish, radionurlanishning davlat standartlari, normalari va belgilangan tartibda oʻrnatilgan parametrlariga rioya etmaslik, – fuqarolarga eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

153-modda. Aloqa xizmatining sifatiga doir normalar va davlat tarmoq standartlarini buzish

Aloqa xizmatining sifatiga doir normalar va davlat tarmoq standartlarini, davlat aloqa tarmogʻi bilan bogʻlanadigan simli elektr aloqa vositalarining, radionurlanishlarining parametrlarini buzish, mansabdor shaxslarga

– eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

154-modda. Aloqa yoʻllari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish

Aloqa yoʻllari va inshootlarini, shuningdek aloqa yoʻli va kabel inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish,

Fuqarolarga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa,

Fuqarolarga eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

156-modda. Avtomat telefonlarni shikastlantirish

Avtomat telefonlarni shikastlantirish, –

eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

II Iqtisodiy choralar.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 14 avgustdagi 318- son “Aloqa sohasidagi meʼyoriy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablarini, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar) toʻgʻrisida”gi Qarori bilan tasdiqlangan “Aloqa sohasidagi meʼyoriy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablarini, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalarni hisoblash” tartibining ikkinchi bandiga muvofiq “Moliyaviy sanksiyalar Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi tomonidan texnik parametrlar, texnik foydalanish qoidalari, pochta va telekommunikatsiyalar vositalari ishlarining va xizmat koʻrsatish sifati buzilganligi uchun koʻrsatkichlarning yagona tizimi boʻyicha hisoblanadi, tabiiy ofatlar yoki favqulodda vaziyatlar oqibatida paydo boʻlgan buzilishlar bundan mustasno.

Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar sud tartibida qoʻllanadi, ular tomonidan sodir etilgan qonun buzilishi aybi tan olingan va iqtisodiy sanksiyalar summasi ixtiyoriy ravishda toʻlangan hollarda esa – Oʻzbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi tomonidan qoʻllanadi.