“Oʻzkomnazorat” Inspeksiyasi va “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUKda Korrupsiya va manfaatlar to'qnashuviga qarshi kurashish boʻyicha maxsus “ishonch telefoni” (+99871) 202-20-19

Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-419-son qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5729-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi PQ-4024-son va 2019-yil 14-sentabrdagi PQ-4452-son qarorlariga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish, yuzaga kelgan sabablar va shart-sharoitlarni oʻz vaqtida aniqlash va oldini olish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasida maxsus “ishonch telefoni” tashkil etilgan.

Maxsus “ishonch telefoni” orqali qoʻngʻiroqlarni qabul qilish qoidalari

Maxsus ishonch telefonining asosiy maqsadi boʻlib, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzkomnazorat hamda “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUK xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
PQ-4024-sonli va 2019-yil 14-sentabrdagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
PQ-4452-sonli qarorlari bilan yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishda korrupsiyaviy huquqbuzarlik va ular bilan bogʻliq boʻlgan xatti-harakatlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va ichki meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga rioya qilmasliklari yuzasidan qilgan murojaatlarini Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-445-son qonuniga muvofiq qabul qilish va koʻrib chiqishdir.

Jismoniy va yuridik shaxslar maxsus “ishonch telefoniga” murojaat qilganda, Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, yuridik shaxsning nomi, javob yuboriladigan pochta manzili va aloqa uchun aloqa telefon raqami, shuningdek xabarning mazmun-mohiyati toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim etishlari shart.


Xabarlarning konfidensialligi kafolatlanadi!


Maxsus “ishonch telefonida” xabarlarni qabul qilish vaqti

Maxsus “ishonch telefoni” orqali qoʻngʻiroqlarni qabul qilish qoʻngʻiroq qiluvchining raqamini aniqlash va qoʻngʻiroqni avtomatik qayd etish funksiyasiga ega boʻlgan apparat-dasturiy taʼminot kompleksi tomonidan kechayu kunduz amalga oshiriladi.

(+99871) 202-20-19
antikor@gis.uz

Eʼtibor bering!

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 237-moddasiga binoan yolgʻon xabar berish, yaʼni jinoyat toʻgʻrisida bila turib yolgʻon xabar berganlik uchun jinoiy javobgarlik koʻzda tutilgan.

    [object Object]

    “OʻZKOMNAZORAT” INSPEKSIYASI

    Murojaat yuborish

    Copyright © 2019 - 2022 Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi rasmiy veb-sayti. Mualliflik huquqlari himoyalangan

    Veb-saytdan olingan maʼlumotlar chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy Creative Commons Attribution 4.0 Internationals

    Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma’muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

    Saytning eski talqini

    Veb-saytdan olingan maʼlumotlar chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy

    Technocorptomonidan ishlab chiqilgan
    img