Anticorruption

Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi boshligʻining

MUROJAATI

Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifatli taqdim etilishi va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, sohada qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari talablariga rioya qilinishi, “Elektron hukumat” tizimida infratuzilmani rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish samaradorligi, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli organ hisoblanadi. “Oʻzkomnazorat” Inspeksiyasining bugungi kundagi faoliyati aholi va tadbirkorlarga koʻrsatilayotgan telekommunikatsiya xizmatlarni sifatini yaxshilash, sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash, soha rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish va sohada qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari talablariga rioya qilinishini taʼminlashga qaratilmoqda.

Maʼlumki, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishga jiddiy eʼtibor qaratilib, ushbu illatni tag-tomiri bilan yoʻq qilishga qaratilgan tadbirlar amaliyotga tatbiq etilmoqda. Sohada davlat nazoratini amalga oshirishda zimmamizga yuklangan masʼuliyatni yaxshi anglaymiz va oʻz navbatida, “Oʻzkomnazorat” Inspeksiyasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi"ni samarali amalga oshirish, korrupsion harakatlarning har qanday shakl va koʻrinishlariga nisbatan jamoada keskin murosasizlikni shakllantirish uchun bor kuch va imkoniyatimizni safarbar etamiz. Mamlakatimizda Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlash maqsadida “Oʻzkomnazorat” Inspeksiyasida:
“Komplayens nazorat” tizimi joriy etilib, mazkur ishlarni muvofiqlashtiruvchi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi tashkil etildi;
sohaga oid qator ichki normativ hujjatlar va tartib-qoidalar qabul qilindi va amaliyotga joriy etildi;
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi;
korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini samaradorligini reyting baholash tizimi “E-Antikor” joriy etish yuzasidan Nazorat rejasi tasdiqlandi;
sohada vakolatli boʻlgan davlat organlari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi;
xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan oʻquv kurslari tashkil etildi, ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan seminar va targʻibot tadbirlari muntazam oʻtkazib kelinmoqda.

Korrupsiyaga qarshi yoʻlga qoʻyilgan tizimning asosiy vazifasi inspeksiyada korrupsiya holatlarining yuzaga kelish sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning taʼsirchan choralarini ishlab chiqish, xodimlar oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish, korrupsiya xavfi mavjud boʻlgan hollarda maslahat berish va qoʻllab-quvvatlashdan iborat. “Oʻzkomnazorat” Inspeksiyasida korrupsiyaga qarshi qabul qilingan normativ hujjatlar, tartib-qoidalar, belgilangan vazifa va funksiyalarni toʻgʻri bajarilishi uchun asos boʻlib xizmat qilib kelmoqda. Oʻz navbatida, “Oʻzkomnazorat” Inspeksiyasining har bir rahbar va xodimi oʻz funksional vazifalarini halollik, fidoiylik va sadoqat bilan bajarishi, lavozim vazifalarini xolisona va begʻaraz bajarishda unga salbiy taʼsir koʻrsatadigan yoki taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan shaxsiy manfaatdorlik holatlariga yoʻl qoʻymasligi, faoliyatning ochiqligi va shaffofligini taʼminlashi zarur. Fursatdan foydalanib, hamkasblarimiz, hamkorlarimiz va yurtdoshlarimizni korrupsiyaga qarshi talablarga ogʻishmay rioya qilishga, har qanday ehtimoliy qonunbuzarliklar haqida Inspeksiyaning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha maxsus “Ishonch telefoni”ga (71 202-20-19) xabar berishga va savollar bilan murojaat qilishga chorlaymiz. Biz roʻy berishi mumkin boʻlgan korrupsiyaviy holatlar, unga olib kelgan va olib kelishi mumkin boʻlgan har qanday harakat (harakatsizlik)lar haqida oʻz vaqtida maʼlumot olishdan manfaatdormiz. “Oʻzkomnazorat” Inspeksiyasi korrupsiyaviy holatlar boʻyicha xabar bergan arizachilarga hamda taqdim etilgan maʼlumotlarga nisbatan maxfiylik tamoyillariga rioya etilishini kafolatlaydi. Korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning umumiy ishimiz va shiorimizga aylanishi lozim. Bu ishda barchani hamjihatlikka chaqiramiz.

Hurmat bilan

“Oʻzkomnazorat” Inspeksiyasi boshligʻi

    [object Object]

    INSPECTION “UZKOMNAZORAT

    Copyright © 2019 - 2022 Official website of the Inspection for Control in the Field of Information and Telecommunications under the Ministry of Digital Technologies of the Republic of Uzbekistan.

    When using materials, a link to the website is required Creative Commons Attribution 4.0 Internationals

    Attention! If you find an error in the text, select it and press Ctrl+Enter to notify the administration

    Old site version

    When using materials, a link to the website is required

    Developed byTechnocorp
    img