№ | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbasi | Ijrochi ma'sullar | Nazorat |
I.Yuksak maʼnaviyatli, qatʼiy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarashga ega boʻlgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish | ||||||
1 | Yoshlarni internetdan to‘g‘ri foydalanishlarini targ‘ib etish maqsadida “Internetdan foydalanish madaniyati, xalqaro tarmoqda yoshlarni buzg‘unchi g‘oyalardan muhofaza etish” mavzularida konferentsaloqa orqali maxsus majlislar o‘tkazish. | AKT mutaxassislari, ma'naviy-ma'rifiy va ta'lim sohalarida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar yordamida maxsus risola tayyorlash. | fevral | - | Axborot xavfsizligi bo‘limi, Yetakchilar kengashi | Boshliq oʻrinbosari O.Xolmuxamedov |
2 | “Yoshlar hayotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni. Yutuqlar va zararli omillari” mavzusida o‘quv seminar tashkil etish. | O‘zkomnazoratda o‘tkaziladigan seminar ma'ruzachilarini aniqlash; belgilangan muddatda seminarni tashkil etish va seminar yakunlarini OAVda keng yoritish. | mart | - | “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUK, Axborot xizmati. | Boshliq oʻrinbosari O.Xolmuxamedov |
3 | O‘zkomnazorat va aloqa sohasida mehnat qilgan faxriy xodimlar, jurnalistlar, madaniyat va san'at namoyondalari bilan uchrashuvlar tashkil qilish. | Reja-jadval tasdiqlash; davra suhbatlarini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish. | oktabr | - | Axborot xizmati, Yetakchilar kengashi | Boshliq oʻrinbosari O.Xolmuxamedov |
4 | Milliy qadriyatlarimiz hamda O‘zbekiston tarixi haqidagi bilim va qiziqishlarni yanada oshirish maqsadida yurtimizning tarixiy shaharlariga turistik sayohatlarni tashkil etish. | O‘zkomnazorat xodimlari bilan joylardagi tarixiy, muqaddas qadamjolarga tashrif buyurish hamda tariximizni yanada kengroq o‘rganish. | reja asosida | Kasaba uyushmasi qo‘mitasi mablag‘lari hisobidan 20,0 mln. so‘m | Kasaba uyushmasi qo‘mitasi, Yetakchilar kengashi | Boshliq oʻrinbosari O.Xolmuxamedov |
5 | O‘zkomnazorat boshlig‘i va o‘rinbosarlari bilan yosh xodimlar o‘rtasida “Rahbar va yoshlar” mavzusida konferentsaloqa orqali ochiq muloqotlar o‘tkazish va bu bilan yoshlarning muammolarini eshitish hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish. | Uchrashuvlarni yuqori saviyada tashkil etish. | reja asosida | - | Yetakchilar kengashi | Boshliq oʻrinbosari O.Xolmuxamedov |
6 | Yosh xodimlar o‘rtasida “Mening fikrim” loyihasini tashkil etish. Bunda yoshlar o‘rtasida sohadagi yangiliklar, kamchiliklar, ijtimoiy-siyosiy sohadagi muammolar va boshqa dolzarb bo‘lgan ixtiyoriy mavzularda debatlar o‘tkazish. | Yosh xodimlar tomonidan o‘zlari tayyorlagan mavzuda ma'ruza o‘qish; o‘qilgan ma'ruzalar yuzasidan ma'ruzachi va ishtirokchilar o‘rtasida debatlarni muhokamalar va bahs-munozaralarga boy ravishda o‘tkazish; ushbu debatlar orqali yosh kadrlarning iqtidori va notiqlik mahoratini oshirib borish. | doimiy | - | Yetakchilar kengashi | Boshliq oʻrinbosari O.Xolmuxamedov |
II. Demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda yoshlar faolligini oshirish hamda huquqiy savodxonligini rivojlantirish | ||||||
7 | O‘zkomnazorat xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ijtimoiy va huquqiy muhofazasi bo‘yicha konferentsaloqa orqali o‘quv seminarini tashkillashtirish. | Seminar ma'ruzachilarini belgilash; O‘zkomnazorat xodimlari ishtirokini ta'minlash. | mart | - | Yuridik bo‘lim, Yetakchilar kengashi | Boshliq oʻrinbosari O.Xolmuxamedov |
8 | “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida O‘zkomnazorat xodimlari o‘rtasida uning faoliyatini aholi va tadbirkorlik sub'ektlariga yoritib beruvchi eng yaxshi maqolalarni aniqlash bo‘yicha tanlovni tashkil qilish. | Tanlov nizomini tasdiqlash va tanlovni e'lon qilish; eng yaxshi materiallarni saralab, mualliflarni rag‘batlantirish | iyul | Kasaba uyushmasi qo‘mitasi mablag‘lari hisobidan 2,0 mln. so‘m | Kasaba yushmasi qo‘mitasi, Yetakchilar kengashi | Boshliq oʻrinbosari O.Xolmuxamedov |
9 | O‘zkomnazoratda faoliyat yuritayotgan yoshlar tomonidan o‘z bo‘limlari yo‘nalishi bo‘yicha ma'lumot va axborot xarakteridagi roliklar tayyorlab ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish. | O‘zkomnazorat bo‘limlarida faoliyat yurituvchi yosh xodimlar ishtirokida roliklar tayyorlash; Tayyor bo‘lgan roliklarni O‘zkomnazoratning rasmiy ijtimoiy sahifalariga joylashtirib borish. | doimiy | - | O‘zkomnazoratning mutasaddi bo‘limlari, Axborot xizmati, Yetakchilar kengashi | Boshliq oʻrinbosari O.Xolmuxamedov |
III. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 tashabbus loyihasi | ||||||
10 | O‘zkomnazorat xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga keng jalb qilish maqsadida “Stol tennisi” sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazish va g‘oliblarni rag‘batlantirish. | Xodimlar ro‘yxatini tuzish; xodimlar ishtirokini ta'minlash; g‘olib xodimlarni rag‘batlantirish. | may | Kasaba uyushmasi qo‘mitasi mablag‘lari hisobidan 2,0 mln. so‘m | Yetakchilar kengashi | Boshliq oʻrinbosari O.Xolmuxamedov |
11 | O‘zkomnazoratda faoliyat olib borayotgan yoshlarning teatr va san'atga bo‘lgan qiziqishlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida, ularni muzey, teatr va kontsertlarga yuborish ishlarini tashkil etish. | O‘zkomnazorat xodimlari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish orqali muzey, teatr va kontsert turlarini tanlab olish. | reja asosida | Kasaba uyushmasi qo‘mitasi mablag‘lari hisobidan 5,0 mln. sum | Kasaba yushmasi qo‘mitasi, Yetakchilar kengashi | Boshliq oʻrinbosari O.Xolmuxamedov |
12 | Yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishini ta'minlash uchun tizimda yoshlar o‘rtasida mini futbol va voleybol sport turlari bo‘yicha o‘yinlarni tashkillashtirish. | Xodimlar ro‘yxatini tuzish; Mini futbol maydonlarini ijaraga olish bo‘yicha kelishuvni tashkil etish; ayol xodimlar uchun voleybol maydonlarini ijaraga olish bo‘yicha kelishuvni tashkil etish. | kelishuv asosida | Kasaba uyushmasi qo‘mitasi mablag‘lari hisobidan 10,0 mln. sum | Kasaba yushmasi qo‘mitasi, Yetakchilar kengashi | Boshliq oʻrinbosari O.Xolmuxamedov |
13 | Yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga ekskursiyalar tashkil etish va mazkur kutubxonada ilm-fan, madaniyat va san'at arboblari ishtirokida o‘tkaziladigan uchrashuv va davra suhbatlarida O‘zkomnazorat yoshlarining ishtirokini ta'minlash. | Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga birinchi bosqichda O‘zkomnazoratning yosh xodimlari hamda ikkinchi bosqichda qolgan xodimlar ishtirokida ekskursiyalarini tashkil etish; Kutubxonada tashkil etiladigan ilm-fan, madaniyat va san'at arboblari ishtirokidagi uchrashuv, seminar va davra suhbatlarida xodimlarning qatnashishini ta'minlash. | Yil davomida | - | Yetakchilar kengashi | Boshliq oʻrinbosari O.Xolmuxamedov |
14 | O‘zkomnazorat xodimlari sport turlari (futbol, basketbol, suzish va boshqa sport turlari) bilan shug‘ullanishida moliyaviy ko‘maklashish. | Qatnashuvchi xodimlar sonini aniqlash; sport to‘garaklari ma'muriyati bilan kelishuv ishlarini olib borish; sport to‘garaklariga qatnashuvchi xodimlarga abonement to‘lovini amalga oshirishda imtiyozlar yaratish. | doimiy | Kasaba uyushmasi qo‘mitasi mablag‘lari hisobidan 10,0 mln. sum | Xodimlarni boshqarish bo‘limi, Yetakchilar kengashi | Boshliq oʻrinbosari O.Xolmuxamedov |
IV. Yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish | ||||||
15 | O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi va Oliy o‘quv yurtlari tomonidan tashkil etiladigan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarida ishtirok etish. | Bitiruvchi bosqich talabalari bilan suhbat o‘tkazib, iqtidorli talabalar ro‘yxatini shakllantirish. | reja asosida | - | Xodimlarni boshqarish bo‘limi, Yetakchilar kengashi | Boshliq oʻrinbosari O.Xolmuxamedov |
16 | Pochta aloqasi va davriy bosma nashrlar tarqatish yo‘nalishida korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning texnologik jarayonlarini amalga oshirilishi ustidan bevosita jamoatchilik nazoratini olib borishda yoshlarni jalb etish. | maktab bitiruvchilari, kollej o‘quvchilarini pochta aloqasi va davriy bosma nashrlar tarqatish xizmatlarini joriy etish texnologiyalari bilan yaqindan tanishtirish; ularni shu sohaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va dunyoqarashini kengaytirish; ushbu jarayonlarga yoshlarni jalb qilish orqali ularni ish vaqtlaridan samarali foydalanish; ushbu sohada kelgusida yosh kadrlarni tayyorlash; davriy bosma nashrlarga obuna uyushtirish jarayonlariga yoshlarni jalb qilish va yoshlarga yo‘naltirilgan nashrlarni ko‘paytirish. | doimiy | - | Pochta aloqasi bo‘limi, Yetakchilar kengashi | Boshliq oʻrinbosari O.Xolmuxamedov |
17 | Yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashga ko‘maklashish. | Yosh tadbirkorlarga telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat turlariga beriladigan litsenziyalar bo‘yicha maslahatlar berish va ularni axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga qiziqish, ishtiyoqlarini uyg‘otish hamda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasidagi yangi zamonaviy texnologiyalardan keng foydalangan holda ularni bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish bo‘yicha “Ochiq eshiklar kuni” tadbirini tashkil etish. | reja asosida | - | Yetakchilar kengashi, Axborot xizmati | Boshliq oʻrinbosari O.Xolmuxamedov |
18 | “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUKka PR-menejer, dasturlash, tahlil, AT sohasida texnik hujjatlarni ishlab chiqish, SMM (SMM – Social Media Marketing) va h.k. sohalarda iqtidorli yoshlarni jalb etish. | Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUKka iqtidorli yoshlarni (jumladan, OTM talabalari) jalb qilish; o‘qishdan ajralmagan holda ishlash masalasini ko‘rib chiqish; “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUKda ishni tashkil etishda, ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi munosabatlarni belgilashda jahonning AT sohasidagi oldi kompaniyalar (GOOGLE, Amazon va boshqalar) tajribasini o‘rganish. | yil davomida | - | “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUK | Boshliq oʻrinbosari O.Xolmuxamedov |
V. | ||||||
19 | Iqtidorli, tashabbuskor, shijoatli va yetakchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan yosh xodimlarni saralab olish va ular ishtirokida O‘zkomnazorat faoliyatini yanada takomillashtirish va rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha takliflar tayyorlash. | O‘zkomnazorat xodimlari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish yo‘li bilan nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish; Nomzodlar ro‘yxatini O‘zkomnazoratning rahbariyatiga taqdim etish; saralab olingan kadrlar ishtirokida guruh tuzish va uning asosiy vazifasi etib quyidagilarni belgilash: O‘zkomnazorat tizimidagi mavjud muammo va kamchiliklar, zamonaviy boshqaruv tizimlari, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi normativ hujjatlar va sohaga oid boshqa masalalarni o‘rganish va ular bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda rahbariyatga kiritish. | avgust | - | Yetakchilar kengashi, Xodimlarni boshqarish bo‘limi | Boshliq oʻrinbosari O.Xolmuxamedov |
VI. Yoshlar o‘rtasida xuquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda sifatli profilaktika ishlarini tashkil etish | ||||||
20 | Yoshlarning huquqiy ongi va savodxonligini, shuningdek kasbiy mahoratini oshirish hamda korruptsiya illatlariga barham berish kabi yo‘nalishlarda konferentsaloqa orqali seminarlar tashkillashtirish. | Yuridik bo‘lim xodimlari hamda huquq-tartibot organlari xodimlarini jalb qilgan holda hududiy inspektsiyalar ishtirokida konferentsaloqa orqali seminarlar o‘tkazish. | har chorak | - | Yuridik bo‘lim, Yetakchilar kengashi | Boshliq oʻrinbosari O.Xolmuxamedov |
21 | O‘zkomnazorat tizimida “Giyohvandlik – umr zavoli” mavzusida konferentsaloqa orqali seminar o‘tkazish. | O‘zkomnazorat mutaxassislari ishtirokida seminar tashkil etish. | iyun | - | Maxsus bo‘lim, Yetakchilar kengashi | Boshliq oʻrinbosari O.Xolmuxamedov |
22 | “Konstitutsiya – huquq va erkinligimiz kafolati” mavzusida konferentsaloqa orqali seminar o‘tkazish. | O‘zkomnazoratning Yuridik bo‘limi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etish. | dekabr | - | Yuridik bo‘lim, Yetakchilar kengashi | Boshliq oʻrinbosari O.Xolmuxamedov |
VII. Yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, yosh xodimlarni xorijiy mamlakatlarda o‘qish hamda malakasini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish | ||||||
23 | Yosh va umidli kadrlarni malaka oshirish kurslariga yuborish. | Yosh va umidli kadrlar ro‘yxatini shakllantirish; ularni malaka oshirish kurslariga yuborish. | yil davomida | O‘zkomnazorat mablag‘lari hisobidan 40,0 mln.sum. | Xodimlarni boshqarish bo‘limi | Boshliq oʻrinbosari O.Xolmuxamedov |
24 | Yosh va umidli kadrlarni xorijga o‘qishga va malaka oshirish kurslariga yuborish. | Yosh va umidli kadrlar ro‘yxatini shakllantirish; ularni malaka oshirish kurslariga yuborish.курсларига юбориш. | reja asosida | O‘zkomnazorat mablag‘lari hisobidan 50,0 mln.sum. | Xodimlarni boshqarish bo‘limi | Boshliq oʻrinbosari O.Xolmuxamedov |
INSPECTION “UZKOMNAZORAT
Copyright © 2019 - 2022 Official website of the Inspection for Control in the Field of Information and Telecommunications under the Ministry of Digital Technologies of the Republic of Uzbekistan.
When using materials, a link to the website is required Creative Commons Attribution 4.0 Internationals
Attention! If you find an error in the text, select it and press Ctrl+Enter to notify the administration
Old site version