Koʻp beriladigan savollar

08.10.2024

1. Savol: Internetga (optik tolali) ulanish yuzasidan kimga murojaat qilishim kerak?

Javob: “Oʻzbektelekom” AKning tumandagi telekommunikatsiya bogʻlamasiga hamda qisqa 1080 raqamli “Ishonch telefoni”ga murojaat qilishingiz mumkin!


2. Savol: Internetga ulanish yuzasidan shartnoma imzolanganidan soʻng necha kunda internet ulab beriladi?

Javob: 10 ish kunida internetga ulanish amalga oshiriladi!


3. Savol: Internet ishlamasligi boʻyicha kimga murojaat qilsam boʻladi?

Javob: “Oʻzbektelekom” AKning qisqa 1084, Oʻzkomnazorat inspeksiyasining qisqa 1144 raqamli telefonlariga hamda abonentlarga internet xizmatini koʻrsatuvchi operatorning CALL markaziga murojaat qilishingiz mumkin!


4. Savol: Pochta indeksini qayerdan bilishim mumkin?

Javob: “Oʻzbekiston pochtasi” AJning pochta.uz – sayti orqali aniqlash mumkin!


5. Savol: Internetga ulanish tezligini va xizmat sifatini oʻzim qanday aniqlashim mumkin?

Javob: Internet xizmatini koʻrsatuvchi operatorlarning veb-saytlarida joylashtirilgan internet tezligi va sifatini oʻlchovchi veb-servislar yordamida oʻlchash mumkin.

    [object Object]

    “OʻZKOMNAZORAT” INSPEKSIYASI

    Murojaat yuborish

    Copyright © 2019 - 2022 Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi rasmiy veb-sayti. Mualliflik huquqlari himoyalangan

    Veb-saytdan olingan maʼlumotlar chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy Creative Commons Attribution 4.0 Internationals

    Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma’muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

    Saytning eski talqini

    Veb-saytdan olingan maʼlumotlar chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy

    Technocorptomonidan ishlab chiqilgan
    img